AQShning "Gasting Bronkos" klubi futbolchisi Erik Birigitti Avtraliyadagi ta`til vaqtida fojiali o`lim topdi. Bu haqda El Caso xabar bermoqda.
21 yoshli germaniyalik futbolchi qoyali sohilda sayr qilib yurgan vaqtda kutilmaganda sirpanib, suvga tushib ketadi. Dengiz to`lqinlari uni shu zahotiyoq oqizib ketgan.
Futbolchining do`stlari unga yordam berishga urinadi, biroq harakatlar samara bermaydi. Voqea joyiga polisiya va qutqaruv xizmati etib keladi. Tunga borib dengizdan futbolchining tana qismlari topilgan.
Dastlabki ma`lumotlarga asosan, Birigittiga ochiq dengizda akulalar hujum qilgan. Biroq u vaqtda futbolchi tirik holatda bo`lgani yoki joni uzilgani haqida ma`lumot yo`q.