Bugun futbol bo`yicha O`zbekiston olimpiya jamoasi Tailandda o`tayotgan U-23 Osiyo chempionatida ikkinchi tur uchrashuvini o`tkazadi. Ushbu turda vakillarimiz xitoylik tengqurlariga qarshi maydonga chiqishadi. Bu haqda Olimpiya qo`mitasi xabar berdi.
E`tiborlisi, terma jamoamiz ishtirokidagi mazkur uchrashuvni ham qatarlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Songxla shahridagi so`nggi o`yinimizga Abdulrahmon Al-Jassim bosh hakam qilib belgilangan.
U-23 Osiyo chempionati. Tailand.
«S» guruhi, 2-tur. 12 yanvar
Bosh hakam: Abdulrahmon Al-Jassim (Qatar)
Xitoy – O`zbekiston
Eslatib o`tamiz, o`yin Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi.
Dastlabki turda Lyubinko Drulovich shogirdlari Eron terma jamoasiga qarshi 1:1 hisobida durang natija qayd etishgan edi. Xitoyliklar esa Janubiy Koreyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy .
Mazkur baxsda vakillarimizga chiroyli g`alaba yor bo`lishini tilab qolamiz.