1

Mahmud Muradovning UFCdagi uchinchi jangi bekor qilindi

Sport 14.01.2020, 10:20
Mahmud Muradovning UFCdagi uchinchi jangi bekor qilindi

Aralash jang san`ati (MMA) bo`yicha o`rta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan o`zbekistonlik Mahmud Muradovning (24-6, 15 KO) UFCdagi uchinchi jangi bekor qilindi. Bu haqda GoSport.uz xabar berdi.

Oldinroq, Mahmud Muradov MMAning eng nufuzli turniri bo`lgan UFCdagi uchinchi jangida braziliyalik Antonio Karlos Juniorga (10-4) qarshi ringga chiqishi haqida xabar berib o`tgandik. Jang 14 mart kuni Braziliya poytaxti Brazilia shahridagi “Ginásio Nilson Nelson” arenasida bo`lib o`tishi rejalashtirilgandi.

Ma`lum bo`lishicha, braziliyalik sportchi mashg`ulotlar vaqtida jarohat olganini bildirgan va jangga chiqa olmaydigan bo`lgan. Natijada tashkilotchilar mazkur jangni bekor qilishga qaror qilgan.

Avvaliga Antonio Karlos Bred Tavaresga (17-6, 5 KO) qarshi ringga chiqishi lozim edi, ammo bu jang bekor qilingandi. Endi Mahmud Muradovga qarshi jang ham bekor bo`ldi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Mahmud Muradovning vakillari UFC bilan keyingi jang bo`yicha muzokara olib borishmoqda. Tez orada Mahmudning yangi raqibi aniq bo`lishi kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Mahmud Muradov UFCdagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4, 9 KO) ochkolar hisobiga ko`ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10, 10 KO) uchinchi raundda nokaut evaziga mag`lubiyatga uchratgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1