1

Abdulaziz Kamilov Hindistondagi xalqaro konferensiyada nutq so`zladi

Siyosat 15.01.2020, 21:02
Abdulaziz Kamilov Hindistondagi xalqaro konferensiyada nutq so`zladi

2020 yilning 15 yanvar kuni Dehli shahrida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar vazirligi shafeligida o`tkazilayotgan «Raisina Dialogue» 5-xalqaro konferensiyasida nutq so`zladi.

O`zbekiston delegasiyasi rahbari o`z nutqida qayd etganidek, «Raisina Dialogue» tashkil topganidan beri to`rt yil davomida o`zini mintaqaviy va global rivojlanishning asosiy muammolari yuzasidan fikr almashish uchun dunyodagi eng nufuzli va e`tirof etilgan maydonlardan biri sifatida o`z o`rnini topdi.

Dehli shahrida o`tkazilgan forumning yuqori mavqeyi dunyoning iqtisodiy markazlaridan biri, eng yirik demokratiyasi va Janubiy Osiyodagi muhim o`yinchi sifatidagi Hindistonning ulkan salohiyatidan dalolat beradi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1