1

O`yinchilarimiz Janubiy Koreyaga yutqazsa ham chorak finalga yo`llanma oldi

Sport 16.01.2020, 16:55
Teglar: yutbol, olimpiada
O`yinchilarimiz Janubiy Koreyaga yutqazsa ham  chorak finalga yo`llanma oldi

Tailandda futbol bo`yicha U-23 Osiyo chempionati bahslaridagi 3-tur o`yinlar doirasida o`yinchilarimiz Janubiy Koreyaga yutqazgan bo`lsa ham  chorak finalga yo`llanma olishdi.

Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sayti xabar berdi. Musobaqada O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreya futbolchilariga qarshi to`p surishdi.

O`ta murakkab kechgan o`yinda hamyurtlarimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo`yishdi. Ammo, mag`lubiyatga qaramasdan futbolchilarimiz chorak final masalasini ijobiy hal etishdi.

Guruhning ikkinchi o`yinida Eron terma jamoasi vakillari xitoylik tengdoshlarini kichik 1:0 hisobida mag`lub etishdi. O`zbekiston va Eron olimpiya terma jamoalarining ochkolari soni bir xil 4 tani tashkil etdi.

To`plar nisbatidagi holat hamyurtlarimizga chorak final yo`llanmasini taqdim etdi.

U-23 Osiyo chempionati

O`zbekiston - Janubiy Koreya 1:2 (1:1, 0:1).

Tayland, Bangkok shahri. “Tammasat” stadioni.

Gollar: Bobir Abduholiqov (22) - Jong Sung Von (5), Oh Se Xun (71).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1