1

O`zbek telekanalida ilk bor yangi formatdagi yumoristik dastur namoyish etildi (video)

Madaniyat 16.01.2020, 17:45
O`zbek telekanalida ilk bor yangi formatdagi yumoristik dastur namoyish etildi (video)

O`zbek telekanallari orsadia ilk bor "Bir aktyor teatri" televizion formatida birinchi yumoristik setkom efirga uzatildi. "Sevimli" telekanalining kechgi dasturlarida namoyish etilgan "ELVIZAK" hajviy dasturining ilk sonida aktyor Ma`mur Xolmedov 13 ta turli obrazlarda gavdalanadi. 

Jamiyatda mavjud muammolarni yumor ostida olib chiqish hamda bir paytning o`zida turli yosh va ko`rinishdagi, bir-biridan farq qiluvchi harakter va ovozlardagi obrazlarning faqatgina bir aktyor tomonidan ketma-ket ijro etilishi tomoshabinlarning katta qiziqishiga sabab bo`ldi. 

Jurnalist Parviz Fattoevning ushbu loyihasi qisqagina fursatda youtube kanalida katta qiziqish bilan tomosha qilindi.

Izohlanishicha, O`zbekiston telekanallari uchun mazkur dastur va fomat debyut hisoblanadi.

Ijodiy jamoaning keyingi qahramoni esa sir tutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1