1

"O`zbekkino" tarmoq foydalanuvchilari va blogerlardan milliy filmlarning g`oyasini noto`g`ri talqin qilmasliklarini so`ramoqda

Madaniyat 17.01.2020, 10:25
"O`zbekkino" tarmoq foydalanuvchilari va blogerlardan milliy filmlarning g`oyasini noto`g`ri talqin qilmasliklarini so`ramoqda

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan milliy filmlarimiz haqida ba`zan ijobiy, ba`zan salbiy fikrlar bildirib turiladi. Filmning tomoshabinda biror bir fikr uyg`otgani yaxshi holat. Ammo diniy-ekstremizm qoralangan, tinchligimizga tahdid soluvchi kuchlarning ma`naviy qiyofasi aks ettirilgan filmlarning maqsad-mazmuni, g`oyasini noto`g`ri talqin etish holatlari uchramoqda, deyiladi "O`zbekkino" MA rasmiy xabarida.

"O`zbekkino" Milliy agentligi tomonidan ishlab chiqarilayotgan filmlar ssenariy bosqichidayoq Badiiy kengash a`zolari tomonidan muhokama qilinib, filmda ma`naviyatimizga mos kelmaydigan, diniy-ekstremizmni targ`ib etuvchi, hududiy ayirmachilikka undovchi, konstitusion tuzumga qarshi sahnalar bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi. Film loyihasi Badiiy kengash nizomiga mos kelmasa va yuqoridagi holatlar kuzatilsa, ssenariy o`tkazilmaydi. 

Shuni aytish lozimki,, "O`zbekkino" Milliy agentligi tomonidan ishlab chiqarilayotgan milliy filmlarda biror millatni, dinni va tilni kamsitishga yo`l qo`yilmaydi. Badiiy kengash filmning badiiy va g`oyaviy darajasi bilan birga kinoasarning konstitusion normalarga mos kelish-kelmasligini ham nazorat qiladi.

Shundan kelib chiqib, "O`zbekkino" MA ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va blogerlardan milliy filmlarning g`oyasini noto`g`ri talqin qilmasliklarini so`raydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1