Payshanba kuni Rossiyaning yangi bosh vaziri Mixail Mishustin prezident Vladimir Putin tomonidan ikki yil oldin belgilab berilgan bir qancha loyihalarni tezlashtirishga va`da berdi, deya xabar qildi Tarjumon.
Ushbu loyihalar aholi sog`ligini saqlashdan tortib mamlakat infratuzilmasini rivojlantirishgacha bo`lgan ishlarni o`z ichiga oladi.
Hukumatning rejalariga ko`ra ushbu ishlarga taxminan 25, 7 trillion rubl (417 milliard dollar) sarflash ko`zda tutilgan. Quyida ushbu mablag`lar sarflanadigan ba`zi sohalar bilan tanishamiz.
SOG`LIQNI SAQLASh- xarajatlar: 1, 73 trln rubl. Bular
– Barcha fuqarolar uchun tibbiy yordamga tayyor qilish?
– 2024 yilga kelib ruslarning o`rtacha umr ko`rishni 71, 6 dan 78 ga ko`tarishni o`z ichiga oladi.
TA`LIM – xarajatlar: 785 milliard rubl
– Rossiya ta`lim tizimini global miqyosda raqobatbardosh qilish va sifat jihatidan dunyoning eng yaxshi o`nligiga kiritish;
– Chet eldan kelgan abituriyentlar sonini ikki baravar oshirish.
DEMOGRAFIYa – Xarajatlar: 3, 11 trillion rubl
2024 yilga kelib, tug`ruqni har bir ayolga 1, 62 boladan 1, 7 gacha oshirish?
– Oilalarning farovonligini oshirish uchun moliyaviy yordam ko`rsatish, shu jumladan 6% imtiyozli ipoteka stavkalari va tug`ruq ta`tilida ayollar uchun bepul kurslar tashkil etish.
MADANIYaT – Xarajatlar: 114 milliard rubl
– Madaniy muassasalarga, shu jumladan teatr va kutubxonalarga tashriflarni 15 foizga oshirish?
– Onlayn madaniy manbalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan odamlar sonini oshirish?
XAVFSIZLIK VA SIFATLI YO`LLAR – Xarajatlar: 4, 78 trln rubl
-Yo`l infratuzilmasi va harakatini boshqarishning oqilona tizimlariga sarmoyalar kiritish orqali 2024 yilga qadar avariyalarda bo`ladigan o`lim holatini uch baravar kamaytirish
UY-JOY VA ShAHAR ATROF-MUHITI – xarajatlari 1, 07 trln rubl
– o`rtacha daromadli oilalarni arzon uy-joy bilan ta`minlash, shu jumladan 8% dan kam bo`lgan ipoteka kreditlari
– 2024 yilga qadar har yili 53 million kvadrat metr turar-joy binolarini qurish
EKOLOGIYa – Xarajatlar: 4, 04 trln rubl
– Uch million gektar maydonga ega bo`lgan beshta yangi milliy bog`larni yaratish
8.ILM-FAN- xarajatlar: 636 milliard rubl
– Ilmiy izlanishlar va rivojlanish bo`yicha dunyoning eng yaxshi beshligiga kirish?
– Rossiyaga chet ellik olimlarni yanada ko`proq jalb qilish uchun barcha laboratoriyalarning 30 foizini yosh tadqiqotchilar boshqarshi.