1

O`zLiDeP O`zbekiston bosh vazirligiga nomzod ko`rsatdi

Siyosat 18.01.2020, 10:44
O`zLiDeP O`zbekiston bosh vazirligiga nomzod ko`rsatdi

Avval xabar berganimizdek, 2020 yil 18 yanvar kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi bo`lib o`tmoqda.

Majlisda Partiyaning faollari, saylangan deputatlar, Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assosiasiyasi, O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi, O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, partiyaning hududiy kengashlari, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etyapti.

Majlisni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi A.Xaitov olib bormoqda.

O‘zLiDeP rahbari o`z so`zida 2019 yil 22 dekabr va 2020 yil 5 yanvar kunlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo`lib o`tgan saylovlarda partiya muvaffaqiyatli ishtirok etganini ta`kidladi.

Majlisda Abdulla Aripov O`zbekiston bosh vazirligiga nomzod sifatida ko`rsatildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1