AsosiyJamiyat

O`zbekiston Bosh konsulxonasi Tomskdagi vaziyatni nazoratga oldi

'O`zbekiston Bosh konsulxonasi Tomskdagi vaziyatni nazoratga oldi'ning rasmi

Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasining ma`lumotiga ko`ra, 2020 yil 21 yanvarga o`tar kechasi Tomsk viloyati, Asinovskiy tumani, Prichulimskiy posyolkasi, Svoboda ko`chasi, 1/3 uy manzilida joylashgan bir qavatli yog`ochdan yasalgan qurilish binosi yonib ketgan.

Yog`ochni qayta ishlash korxonasi ishchilari yashagan ushbu binoda 10 kishining jasadi topilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ularning barchasi O`zbekiston fuqarolari. Halok bo`lganlarning shaxslari aniqlanmoqda. Ikki jabrlanganlar ham O`zbekiston fuqarolari bo`lib, ular engil jarohat olgan va tibbiy yordam ko`rsatilgandan keyin qo`yib yuborilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo`lib turibti.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi va Rossiyaning Sibir federal okrugi hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda Novosibirsk shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: + 7 (383) 246-04-85; + 7 (383) 246-04-63, + 7 (383) 246-04-64; + 7 (383) 246-04-84.

 

    Boshqa yangiliklar