1

Prezident O`zbekistonda korrupsiyaga botgan va eng og`riqli sohalarni nomma-nom sanadi

Siyosat 21.01.2020, 14:21
Prezident O`zbekistonda korrupsiyaga botgan va eng og`riqli sohalarni nomma-nom sanadi

Avval xabar qilganimizdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Qo`shma majlis bo`lib o`tmoqda.

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoevning ma`ruzasi eshitilyapti.

Davlat rahbari yaqin daqiqalarda Bosh vazirning tasdiqlanishi haqida so`z yuritib, hukumat vakillari oldida bir qancha og`riqli sohalarda qilinishi kerak bo`lgan vazifalar borligini ma`lum qildi. 

Xususan, vazirlik va tashkilot  rahbarlariga murojaat qilib, yillar davomida eng og`riqli bo`lgan sohalarni sanab berdi:

“Ularning eng avvalida yoqilg`i-energitika sohasi turibdi, yillar davomida bu soha korrupsiya botqog`iga botib ketdi. Shuningdek, Geologiya, Transport, Qurilish, Suv ta`minoti, Tadbirkorlik, Ish bilan ta`minlash, Uy-joy, Kommunal sohalarida bir necha yillardan buyon yig`ilib ketgan muammolar yotibdi.

Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan rahbarlar o`z ishini to`laqonli eplay olmayapti. Birgina “O`zbekneftgaz”ga bir nechta rahbarlar kelib ketyapti, biroq ularning hech biri sohadagi muammolarni hal eta olgani yo`q. Juda ko`p vazirlar o`ziga topishirilgan vazifalarni bajara olmayapti. Bizda ana shunday muammolarni bartaraf etishga qodir kadrlar etishmaydi” 

— deya ta`kidladi davlat rahbari.  Shuningdek, Sog`liqni saqlash va Oliy ta`lim tizimini eng korrupsiyaga botib ketgan soha ekanligini alohida dalillar bilan qayd etdi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1