1

Zarur shart-sharoitlarda yashayotgan aholi ko`rsatkichini 65 foizga etkazish lozim — Prezident

Siyosat 21.01.2020, 14:59
Zarur shart-sharoitlarda yashayotgan aholi ko`rsatkichini 65 foizga etkazish lozim — Prezident

Avval xabar berganimizdek,  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining Qo`shma majlisi bo`lib o`tmoqda.

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoevning ma`ruzasi eshitilyapti.

Davlat rahbari hukumat zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to`liq uddalayapti, deyishga hali erta ekani, xalq ko`proq va aniq natijalar kutayotgani qayd etdi.

– Joylarda juda ko`plab muammo va masalalar o`z echimini topishi zarur. Odamlarimizning talab va ehtiyojlari kun sayin o`sib bormoqda, – dedi davlatimiz rahbari. – Shuning uchun, yangi hukumatning barcha a`zolaridan o`zi mas`ul va javobgar bo`lgan sohalarga tanqidiy yondashib, kelgusidagi ishlarni ortig`i bilan bajarish, xalqimiz va parlamentga berilgan va`dalar ustidan to`liq chiqish talab etiladi. Bir so`z bilan aytganda, amaliy natijadorlik va xalq manfaatlarini ro`yobga chiqarish hukumatning har bir a`zosi faoliyatini baholashning asosiy mezoni bo`ladi. 

Ma`lum qilinishicha, oxirgi ikki yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 44 milliard dollardan 58 milliard dollarga o`sgan. Majlisda bu ko`rsatkichni ikki barobar oshirib, 100 milliard dollarga etkazish, inflyasiya darajasini 5 foizgacha kamaytirish, zarur shart-sharoitlarda yashayotgan aholi ko`rsatkichini 65 foizga etkazish, ishlab chiqarilayotgan iste`mol mahsulotlari hajmini ko`paytirish hukumat, Markaziy bank va barcha darajadagi hokimlarning umumiy vazifasi bo`lishi kerakligi ta`kidlandi.  

Majlis davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1