AsosiyDunyo

Saudiya Arabistoni armiyasida ilk ayollar qismi tuzildi

'Saudiya Arabistoni armiyasida ilk ayollar qismi tuzildi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarida birinchi ayollar harbiy qismi paydo bo`ldi, deya xabar bermoqda Saudiya Arabistoni nashriga tayangan holda Jahon uz .

Nashrga ko`ra, «Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari shtab boshlig`i general Fayyad al-Ruvayli Saudiya Arabistoni armiyasidagi birinchi ayol harbiy qismni ishga tushirgan».

2019 yilning oktyabr oyida Saudiya hukumati ayollarga qurolli kuchlar, havo kuchlari, dengiz floti, havo mudofaasi kuchlari, tibbiy xizmat va strategik raketa kuchlarining kichik kaprallari, serjantlari va shtab-serjantlari sifatida qurolli kuchlarga qo`shilishga ruxsat berdi.

Qirolning o`g`li valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bo`lgani munosabati bilan, Saudiya Arabistoni tez sur`atlar bilan o`zgara boshladi, bu birinchi navbatda ayollarning jamiyatdagi roliga ta`sir ko`rsatdi. Ayollarga mashina haydashga, sport o`yinlarini tomosha qilish uchun stadionlarga borishga, armiya va polisiyada xizmat qilishga ruxsat berildi.

    Boshqa yangiliklar