my5
28

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Aida Yunusova vafot etdi

Madaniyat 21.01.2020, 21:28
4628
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Aida Yunusova vafot etdi

Bugun taniqli aktrisa, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Aida Yunusova 72 yoshda olamdan ko`z yumdi. Aida Yunusova 1948 yilda Farg`onaning Marg`ilon shahrida tug`ilgan. 1970 yili teatr va rassomchilik institutining drama teatri va kino fakultetini tamomlagan. Talabaligining oxirgi kursida rejissyorlar e`tiboriga tushib, kinoga taklif qilingan. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi xabar berdi.

Aktrisa uzoq vaqt davomida turli rollar ijro etgan. Jumladan, «Ajoyib xayolparast», «Chinor ostidagi duel», «Olovli yo`llar», «Oltin kuz», «Mehrigiyo», «Zulmatni tark etib», «Karvon», «Anor», «Birinchi yo`lovchilar» kartinalarida qatnashdi.

Aktrisa sifatida 1989 yilgacha «O`zbekfilm»da faoliyat ko`rsatdi. Shundan so`ng kinoni tark etdi. Ma`lum tanaffusdan so`ng yana kinoga qaytdi va ekranda ko`rina boshladi. Aida Yunusova og`ir xastalikni boshdan kechirgandi. 

Darakchi.uznashri marhumaning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta`ziya bildiradi. 

Шарҳлар