1

Apple va Samsung'ga kuchli raqib paydo bo`ldi

Hi-tech 17.02.2015, 18:03
Apple va Samsung'ga kuchli raqib paydo bo`ldi

Xitoyning smartfonlar ishlab chiqarish bo`yicha eng yirik kompaniyasi “Shiaomi” yaqin oylar ichida AQShda o`zining “Mi store” birinchi onlayn do`konini ochishni rejalashtirayotganini e`lon qildi. 

Bu haqda kompaniya vise-prezidenti Xyugo Barra ushbu loyihaning taqdimotida xabar bergan. “Shiaomi” kompaniyasi 5 yil avval o`z ishini boshlaganiga qaramasdan 2014 yilning oxiriga kelib smartfonlar ishlab chiqarish bo`yicha Apple va Samsung'dan so`ng 3-o`ringa chiqib olgan.

Kompaniya hozirda o`z biznesini AQShdan tashqari boshqa davlatlarga ham kengaytirishni rejalashtirmoqda.  Joriy yilning yanvar oyida Rossiyaning aloqa operatori “Megafon” “Shiaomi” byudjet smartfonlarini sotuvga chiqarishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar tarqatilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1