AsosiyDunyo

Rossiyada snyus iste`moli oqibatida bir kishi vafot etdi

'Rossiyada snyus iste`moli oqibatida bir kishi vafot etdi'ning rasmi

O`zAda snyus, ya`ni saqich yoki shirinliklar shaklida ishlab chiqariladigan nikotin aralashmasining zararlari haqida ma`lumot berildi.

So`nggi vaqtlarda saqich, konfet shaklidagi ushbu xavfli mahsulotlarni iste`mol qilish, ayniqsa bolalar orasida haqiqiy epidemiyaga aylandi. Uning iste`moli inson organizmida kuchli zaharlanishni keltirib chiqaradi.

Snyus iste`mol qiluvchilarda kasallikning ilk belgilari sifatida ko`pincha milklar emirilishi va stomatit kasalliklari kuzatiladi. Tishlar juda tez emiriladi, shuningdek, og`iz bo`shlig`i yallig`lanadi. Bunda ko`pincha qizilo`ngach va ichakda bezovtalik paydo bo`ladi.

Rossiyada snyus iste`moli oqibatida bir kishi vafot etdi, deyiladi “RIA Novosti“ xabarida.

“Perviy kanal“ axborot dasturi tarqatgan xabarga ko`ra, Rossiyaning Chelyabinsk viloyati tezkor qidiruv xizmati tomonidan 250 snyus mahsuloti aniqlangan. Namunalar laboratoriyaga tadqiqot uchun yuborilganda ularda juda ko`p miqdordagi margimush moddasi borligi ma`lum bo`lgan. Hozirda Rossiya hukumati tomonidan snyus savdosini to`xtatishni qonuniy darajada hal etish masalasi ko`rib chiqilmoqda.

    Boshqa yangiliklar