1

27 yanvar Xolokost qurbonlarining xalqaro xotirasi kuni

Dunyo 24.01.2020, 15:52
27 yanvar Xolokost qurbonlarining xalqaro xotirasi kuni

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netaniyagu: " Osvensim ozod etilganidan keyingi 75 yil ichida xalqimiz katta yo`lni bosib o`tdi."

Isroilning tashabbusi bilan 2005 yili BMT Bosh Assambleyasining maxsus sessiyasida 27 yanvar Xolokost qurbonlarini xotirlash xalqaro kuni deb e`lon qilingan.

Millionlab insonlarning xotirlash uchun dunyoning 45 dan ortiq mamlakatlari rahbarlari, shu jumladan, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Italiya va Avstriya prezidentlari, AQSh vise-prezidenti, qirollar va dunyo miqyosidagi boshqa etakchilar 2020 yil 23 yanvar kuni Isroilga tashrif buyuradilar. Ular Xolokost bo`yicha Beshinchi Jahon forumi uchun Xolokost tarixi xotira majmuasi bo`lmish Yad Vashemda yig`iladilar. “Xolokostni yodda tutish: antisemitizmga qarshi kurash” nomli tadbir Xolokost xotirasi Jahon forumi fondi tomonidan Isroil davlati Prezidenti janob Reuven Rivlin rahnamoligidagi Yad Vashem bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Xolost davrida umumiy hisobda olti million yahudiylar halok bo`lgan bo`lib, bu o`sha davrda butun dunyodagi yahudiylar sonining uchdan biriga teng keladi. 

Xolokost – yahudiy xalqining umumiy qirg`ini, uning madaniyati va tarixini yo`q qilish harakati bo`lib, u o`sha davrda Germaniyada mavjud bo`lgan anisemitizm to`lqinining natijasi o`laroq yuzaga keldi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin dunyo hamjamiyati kelajakda insoniyatga qarshi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan umumiy tamoyillarni qabul qildi va xalqaro tashkilotlarni ta`sis qildi. Antisemitizm jahon urushidan keyingi davrda nafaqat saqlanib qolmasdan, so`nggi yillar mobaynida kengroq tarqalishiga yordam berayotgan yo`llarni aniqlash, o`rganish va anglash lozim. Dunyo miqyosidagi etakchilar va ma`naviyat rahnamolari antisemitizmning har qanday belgilariga nol darajadagi bag`rikenglikni namoyon etishlari va ular yuzaga kelayotgan joylarda ularga qarshi kurashish ahdiga sodiq qolishlari lozim. Yad Vashemda yig`iluvchi dunyo hamjamiyati va etakchilar antsemitizm, rasizm va ksenofobiyaga qarshi kurashga mas`uldirlar.

Isroildagi Yad Vashem instituti Xolokost tarixi bo`yicha bilimlar va xabardorlikni oshirish bo`yicha tinimsiz faoliyat olib bormoqda. Bu Xolokostning tarixiy ahamiyati Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan 75 yil keyin ham o`z dolzarbligini saqlab qolishi uchungina emas, balki huddi ogohlantiruvchi qo`ng`iroq kabi bugungi kunda butun dunyoda bosh ko`tarib kelayotgan yovuzlik – rasizm to`g`risida ogohlantirish uchun ham zarur.

Xolokost mavzusi O`zbekistonda alohida ahamiyatga ega, chunki Ikkinchi Jahon urushining og`ir yillarida O`zbekiston minglab yahudiylar uchun najot manziliga aylandi. O`zbekiston xalqi yuz minglab qochoqlar, shu jumladan, bolalar va qariyalarni qabul qildi. Isroil xalqi va Isroil Davlati buni yodida tutadi va O`zbekiston xalqiga doimo minnatdor bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1