1

“Qoraqalpoq don maxsulotlari”dan 86 milliondan ortiq qarzdorlik undirildi

Jamiyat 25.01.2020, 18:25
“Qoraqalpoq don maxsulotlari”dan 86 milliondan ortiq qarzdorlik undirildi

 Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining 2018 yil 5 yanvar kungi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Qoraqalpoq don maxsulotlari” aksiyadorlik jamiyatidan undiruvchi maxsus aviasiya ishlari aviakompaniyasi foydasiga 7 ming 129  AQSh dollari miqdorida qarzdorlik va 1 996,14 AQSh dollari miqdorida penya undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo`zg`atilgan.

 Sud qarorining ijrosini ta`minlashda bo`lim davlat ijrochilari tomonidan tegishli tartibda majburiy ijro harakatlari olib borildi. Xususan, davlat ijrochilar tomonidan jamiyatning bankdagi hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomasi orqali band solingan.

 Natijada, yuqorida ko`rsatilgan ijro varaqasining ijrosi ta`minlangan va qarzdor jamiyatdan undiruvchining foydasiga qarzdorlik to`liq undirilgan va to`lov topshiriqnomasi orqali undiruvchining hisob raqamiga o`tkazib berilgan, deya xabar berdi MIB Matbuot xizmati. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1