AsosiyDunyo

Afg`onistonda Moldova aviakompaniyasiga tegishli vertolyot urib tushirildi

'Afg`onistonda Moldova aviakompaniyasiga tegishli vertolyot urib tushirildi'ning rasmi

Afg`onistonda Moldova aviakompaniyasiga tegishli Mi-8 vertolyoti raketa bilan urib tushirildi. Voqea oqibatida afg`on harbiylari va Ukraina fuqarolari bo`lgan ekipaj a`zolari jabrlangan. 

Moldova fuqarolik aviasiyasi idorasi matbuot kotibi Irina Bodolikening xabar berishicha, hujum 25 yanvarda Gilmand viloyatida sodir etilgan. 

Uning ta`kidlashicha, vertolyot Afg`oniston milliy armiyasi harbiylarini olib ketayotganda toliblar hujumiga uchragan. Vertolyot avariyaviy holatda qo`na olgan, ekipaj va yo`lovchilarni ortdan kelayotgan boshqa vertolyot o`z bortiga olgan.  

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, voqea oqibatida 4 harbiy va ekipajning 2 a`zosi jarohat olgan. 

Boshqa yangiliklar