Turkiya qutqaruv xizmatlari Elyazig` viloyatida yuz bergan vayronkor zilzila qurbonlari soni keskin oshganini ma`lum qildi. Anadolu axborot agentligi ma`lumotlariga ko`ra, qutqaruv-qidiruv ishlari davomida 31 kishining jasadi topilgan. Shu bilan birga, 40 dan ko`proq odam vayronalar ostidan chiqarib olingan.
1500 dan ko`proq odam turli jarohatlar olgan, ulardan ba`zilarining ahvoli og`ir.
Bu orada Turkiya sog`liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo`ja zilziladan bir kun keyin ikki yoshli qiz va uning onasi vayronalar ostidan qutqarib olinganini ma`lum qilgan.
Shuningdek, tabiiy ofat hududida 72 ta uy vayron bo`lgan, 923 ta uyga shikast etgan. 15 mingdan ko`proq kishi sportzallar, mehmon uylari va universitetlar kampuslarida vaqtinchalik boshpana topgan.
Ma`lumot uchun: 24 yanvar kuni Turkiyaning Sivrij shahri yaqinida 6,8 magnitudali zilzila yuz bergandi. Uning kuchi shuningdek qo`shni Iroq, Suriya va Livanda sezilgan.






