Qozog`iston hukumati Xitoyda avj olayotgan koronavirusning mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida 10 ta banddan iborat qat`iy choralarni belgiladi. Bu haqda Tarjimon.uz xabar berdi.
Ular quyidagilardan iborat:
1. Davlat chegarasidagi o`tish punktlarida, shu jumladan, havo, avtomobil va temir yo`l transporti ob`ektlarida sanitariya-epidemiologiya va migrasiya nazorati kuchaytirildi.
2. Xitoydan qaytgan barcha qozog`istonliklarga tibbiy nazorat o`rnatildi.
3. Epidemiologik vaziyat yomonlashganda tibbiy muassasalarning aholiga zarur yordam ko`rsatishga tayyorligi oshirildi.
4. Xitoyga xizmat safarlarini cheklash, shuningdek, xususiy biznes yoki sayyohlik maqsadlarini rad etish belgilandi.
5. Qozog`istonga tranzit yo`li bilan boruvchi xitoyliklarning 72 soatlik vizasiz tartibi to`xtatildi.
6. «Xorgos»ning qozoq qismi faoliyati vaqtincha to`xtatildi.
7. Xitoyda qolib ketgan qozog`istonlik fuqarolar bilan konsullik va boshqa yordam ko`rsatish ishlari kuchaytirildi.
8. Koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish bo`yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish maqsadida davlat organlari XXRning tegishli davlat organlari va boshqa manfaatdor mamlakatlar bilan zarur o`zaro aloqalarni yo`lga qo`ydi.
9. Agar kerak bo`lsa, Xitoyning Uxan shahrida tahsil olayotgan qozog`istonlik talabalarni va boshqa Qozog`iston Respublikasi fuqarolarini evakuasiya qilishni ta`minlash.
10. Qozog`istonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo`yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlash vazifasi Bosh vazir o`rinbosari B. Saparbaev boshchiligidagi idoralararo komissiyaga topshirildi.
P/S: O`zbekiston Hukumati ham yaqin soatlar ichida koronavirusning yurtimizga kirib kelish xavfini oldini olish bo`yicha qat`iy choralarni ishlab chiqadi, degan umiddamiz.






