AsosiyDunyo

Afg`onistonda yo`lovchi tashuvchi samolyot halokatga uchradi

'Afg`onistonda yo`lovchi tashuvchi samolyot halokatga uchradi'ning rasmi

Afg`oniston sharqida G`azni viloyatida Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasi samolyoti halokatga uchradi, bu xabarni hukumat ham tasdiqladi.

Dastlabki ma`lumotlar bo`yicha samolyot bortida 83 kishi bo`lgan, deb ma`lum qildi Ariana News.

G`azni viloyati hokimining vakili Orif Nuriyning aniqlik kiritishicha, halokat Dex Yak tumanida ro`y bergan.

Tolo News tarqatgan xabarda aytilishicha, halokat ro`y bergan joy “Tolibonlar” nazoratida turgan hudud hisoblanadi. Hozir u erga “maxsus kuchlar” jo`natilgan.

Ariana Afghan Airlines – Afg`oniston milliy aviakompaniyasi hisoblanib ofisi Kabulda joylashgan. Kompaniya hukumatga qarashli bo`lib, mamlakat ichida va xalqaro yo`nalishlarda parvozlarni amalga oshirib keladi.

    Boshqa yangiliklar