Xitoy hokimiyati tomonidan etakchi virusologlardan biri, Xitoy muhandislik fanlari akademiyasining akademigi Ven Yuymey, yangi turdagi koronavirus epidemiyasining oldini olish bo`yicha Xitoy hukumati tomonidan ko`rilayotgan choralarning ta`siri 20 kun ichida sezilarli bo`lishini va virus tarqalishi sekinlashishi mumkinligini aytdi.
«Tasdiqlangan infeksiya holatlarining ko`payishi, 20 kun oldin yuqtirgan odamlar tufayli yuz berdi. Virusning oldini olish bo`yicha ko`rilayotgan choralar tufayli epidemiya tarqalishi 20 kundan keyin sekinlashishi mumkin», – deya ekspertning so`zlarini keltiradi Sinxua agentligi. Virusologning tushuntirishicha, inson tanasi asta-sekin mikroorganizmga qarshi immunitetni rivojlantiradi, natijada bu epidemiyaning pasayishiga olib keladi.
Ven Yuymeyning qo`shimcha qilishicha, og`ir ahvoldagi bemorlarning aksariyati boshqa kasalliklarga chalingan va immunitet tizimi buzilgan ekan.
Yakshanba kuni, Xitoyning sog`liqni saqlash bo`yicha davlat qo`mitasi rahbari Ma Syaovey, pnevmoniyani keltirib chiqaradigan yangi koronavirus turi to`g`risida bilim hali ham cheklangani hamda uning mutasiyasi ehtimoli ham ma`lum emasligini aytdi. Uning so`zlariga ko`ra, yangi turdagi koronavirusning inkubasiya davri 1 dan 14 kungacha bo`lishi mumkin, virus vaqt o`tishi bilan yangi xususiyatlarga ega bo`ladi, turli yosh guruhlari uchun xavf darajasi o`zgarishi mumkin. Amaldor shuningdek yaqin kelajakda yuqtirganlar soni ko`payishi mumkinligini ham istisno qilmadi.
Xitoy Hukumati 2019 yil 31 dekabr kuni Jahon sog`liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismida joylashgan Vuxan shahrida noma`lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berishdi. Mutaxassislar kasallik qo`zg`atuvchisini aniqladilar – bu 2019-nCoV koronavirus ekan.
Materikdagi Xitoydan tashqarida Gonkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya va Malayziyada yuqumli kasalliklar qayd etilgan.
Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, faqat Xitoyni o`zida shu kasallikka chalinganlar haqida xolatning 1975 tasi ma`lum, ulardan 56 nafari vafot etgan.






