Xitoydagi koronavirus epidemiyasidan vafot etganlar soni 106 kishiga etdi, yana salkam 1300 ta yangi kasallanish holatlari tasdiqlandi. Bu haqda Xitoy rasmiylariga tayanib, AFP xabar bermoqda.
Xubey viloyatining sog`liqni saqlash komissiyasidan ma`lum qilishlaricha, virusdan yana 24 kishi vafot etgan, 1291 kishi esa kasallikni yuqtirib olgan. Hozirda butun Xitoy bo`yicha koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 4 mingdan oshib ketgan.
Ma`lumot uchun, Xubeydagi Uxan shahri koronavirus o`chog`i hisoblanadi. Bundan tashqari, yana o`ndan ortiq mamlakatda xuddi shu virus bilan kasallanish holatlari aniqlangan.
Epidemiya sabab Xitoydagi umumiy aholisi 57 million kishiga teng 15 ta shahar to`liq yoki qisman yopilgan. O`zbekistonda ushbu virusning mamlakatga kirib kelmasligi uchun choralar ko`rilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Koronavirus cababli qashqadaryolik 4 nafar talaba Xitoydan olib kelindi.
Ayni paytda Xitoyda bo`lib turgan o`zbekistonliklarga muhim eslatmalar.






