1

«O`zbekkonsert» yosh iste`dodlarga bir yil muddatgacha bepul lisenziya beradi

Madaniyat 29.01.2020, 10:47
«O`zbekkonsert» yosh iste`dodlarga bir yil muddatgacha bepul lisenziya beradi

«O`zbekkonsert» davlat muassasasi yosh iste`dodlarga bir qator imtiyozlar beradi. Bu haqda yosh iste`dod egalari bilan ijodiy uchrashuvda muassasa rahbari Odilbek Abduqahhorov xabar bergan.

Jumladan qo`shiqchilik sohasida iste`dodini namoyish etmoqchi bo`lgan yoshlar o`z faoliyatlarini boshlab olishlari uchun ularga bir yil muddatgacha bepul lisenziya beriladi, iste`dodli talabalar va haqiqiy ovoz egalari uchun respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan «O`zbekkonsert»ga tegishli ovoz yozish studiyalari xizmatlaridan haftaning har seshanba va juma kunlari soat 9:00dan 18:00ga qadar bepul tarzda foydalanishlari mumkin bo`ladi.

Bundan tashqari jamiyatda faollik ko`rsatayotgan iste`dod egalarining san`at va madaniyat oid oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirishlari uchun Madaniyat vazirligi bilan birgalikda tavsiyanomalar beriladi.

Ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga muhtoj iste`dod egalarini Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda uy-joy bilan ta`minlash yuzasidan tavsiyanomalar beriladi;

Yosh iste`dodlarni kashf qilish borasida o`tkaziladigan turli tanlovlarda g`olib bo`lgan yoshlarga 5 milliondan 20 million so`mgacha miqdorda moddiy rag`batlantirish yo`lga qo`yiladi.

«Milliy» telekanali bilan hamkorlikda yurtimizda ilk bor «Asian Top Band» xalqaro musiqiy loyihasi doirasida kasting va saralash bosqichlari o`tkaziladi. Loyihada g`olib bo`lganlar 50 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofotiga ega bo`lishadi.     

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1