1

O`zbekistonda Shiroq haqida teleserial va Mahmudxo`ja Behbudiy haqida badiiy film suratga olinadi

Madaniyat 29.01.2020, 13:02
O`zbekistonda Shiroq haqida teleserial va Mahmudxo`ja Behbudiy haqida badiiy film suratga olinadi

“O`zbekkino” Milliy agentligi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan o`zbek xalqining buyuk siymolariga bag`ishlangan filmlarni suratga olish bo`yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Agentlik Axborot xizmati xabar berdi.

Ulardan biri sahroda shoh Doro boshchiligidagi Fors bosqinchilarining katta qismini donoligiva jasorati bilan  nobud qilgan  sak qabilasiga mansub cho`pon Shiroq haqidagi serialdir. 

Keyingi loyiha taniqli ma`rifatparvar, jadidchilik harakatining taniqli namoyandalaridan biri, atoqli yozuvchi va dramaturg Mahmudxo`ja Behbudiy haqida badiiy film yaratishdan iborat. Ta`kidlash joizki, bu yil O`zbekistonda Mahmudhoji Behbudiyning 145 yilligi keng nishonlanadi.

Ushbu kelishuv haqida so`z yuritarkan, “O`zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasida  milliy qahramonlar xotirasini abadiylashtirish muhimligi to`g`risidagi tashabbuslari hayotga tatbiq etilayotganini ta`kidladi.

Samarqand viloyati hokimligiga ushbu  filmlarni yaratishda ko`rsatgan tashabbusi va yordamlari uchun minnatdorchilik bildirildi.

"Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovdan  mamlakatimiz rahbariyatining buyuk tarixiy shaxslar xotirasini abadiylashtirish bo`yicha ko`rsatmalarini amalga oshirish, shu qatorda Ikkinchi Jahon urushi paytida Germaniyaning Amersfoort nemis konslagerida asirga olingan o`zbeklarning jasorati va mardligi  haqida filmlar yaratishni yo`lga qo`yish bo`yicha ko`rsatgan tashabbuslari uchun minnatdormiz. Bu misol boshqa sohalar mutasaddilari, jamoatchilik va homiylarning e`tiboriga sazovordir, chunki mamlakatimizning har bir mintaqasi mutasaddilari nafaqat tariximizdagibuyuk  shaxslar nomi  bilan faxrlanishlari, balki ularning nomlarini  abadiylashtirishga harakat qilishlari kerak. Ushbu loyihalar, shuningdek, kino sanoatimiz xodimlarini ish bilan ta`minlashda, eng muhimi, bu jarayonga yosh kinoijodkorlarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ham o`z navbatida xorij  kinoijodkorlari bilan birgalikda tarixiy filmlarni yaratish bo`yicha katta  tajribaga ega bo`lishadi ".

— “O`zbekkino” Milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov.

Mahmudxo`ja Behbudiy haqidagi filmni Samarqandda shu yilning oxirigacha suratga olish rejalashtirilgan. 

Tomonlar Shiroq haqidagi teleseriallarni suratga olishda maslahatchi sifatida chet ellik rejissyorlarni taklif qilishga qaror qilishdi.

Navoiy viloyatida ham filmni suratga olish masalasi muhokama qilinmoqda. Ushbu viloyat hududida filmda Shiroqning dushmanlarni adashtirishiga mos keladigan sahrolar bor. Shu munosabat bilan "O`zbekkino" va Samarqand viloyati hokimligi ushbu loyihada ishtirok etish uchun Navoiy viloyati hokimligi vakillarini taklif qilishmoqchi.

Shiroq  haqidagi teleserialning ssenariysi Nazar Eshonqultaxallusi bilan tanilgan yozuvchi va kinodramaturg, 20 dan ortiq serial va badiiy filmlar ssenariysini yozgan  Nazar Xoliqulovga tegishli."O`zbekkino" rahbariyatiyuqoridagi filmlarning rejissyorlarini tanlov asosida tanlab olishni rejalashtirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1