AsosiyDunyo

Koronavirus BAAga "yurish" boshladi

'Koronavirus BAAga "yurish" boshladi'ning rasmi

BAAda pnevmoniyaning yangi turi, ya`ni koronavirusga chalingan shaxs aniqlandi. Bu haqida  RIA «Novosti» Birlashgan arab amirliklari qirolligi Sog`liqni saqlash vazirligi xabariga tayanib  ma`lum qildi.  

Qayd etilishicha, bemorning ahvoli mo``tadil. Hozirda kasallangan shaxs mutaxassis shifokorlar nazoratida.

Ushbu xavfli virus asta-sekin dunyo mamlakatlariga tarqalmoqda. Ammo shukurki hali O`zbekistonda infeksiyadan zararlangan bemor qayd etilmadi. Afsuski bugungi kunda kasallika qarshi vaksinasiya ishlari amalga oshirilmayapti. Negaki karonavirusning yangi turiga qarshi emdorini topish borasidagi tadqiqotlar uzoq muddatli sinov jarayonlarini o`z ichiga oladi. Jahondagi turli mamlakatlarda virusga qarshi vaksina ishlab chiqish bo`yicha tajribalar olib borilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, mazkur kasallikning dastlabki alomati 2019 yilning 31 dekabrida Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan edi. Koronavirus o`zi nima, unga qarshi respublikamizda qanday choralar ko`rilayotgani va oldini olish bo`yicha shifokor maslahatlarini bu erda o`qiysiz.

Boshqa yangiliklar