AsosiySport

Mart oyida Xitoyda o`tkazilishi belgilangan jahon chempionati ham qoldirildi

'Mart oyida Xitoyda o`tkazilishi belgilangan jahon chempionati ham qoldirildi'ning rasmi

Joriy yilning mart oyida o`tkazilishi belgilangan engil atletika bo`yicha yopiq inshootlarda bo`lib o`tuvchi jahon chempionati qoldirildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, musobaqa Xitoyning Nankin shahrida o`tkazilishi kerak edi, ammo bugungi kunda butun Xitoy bo`ylab keng tarqalayotgan « 2019-nCoV» koronavirusi sabab qoldirilgan.

World Athletics jahon chempionatining o`tkazilish joyi o`zgarmasligini ma`lum qildi. Faqat endilikda musobaqa bir yildan so`ng 2021 yilning mart oyida Nankin shahrida tashkillashtiriladi.

Ma`lumot uchun, Xitoyda tarqalgan koronavirusi sabab ushbu mamlakatda aprel oyigacha o`tkazilishi rejalashtirishgan barcha musobaqalar bekor qilinmoqda.

Jumladan, oldinroq boks bo`yicha Osiyo va Okeaniya mintaqasi uchun Tokio olimpiadasiga yo`llanma beruvchi musobaqa ham bekor qilingan edi.

 

    Boshqa yangiliklar