1

Agar hayot bo`lganida Stiv Jobs bugun 60 yoshni qarshi olgan bo`lardi

Hi-tech 24.02.2015, 15:50
Agar hayot bo`lganida Stiv Jobs bugun 60 yoshni qarshi olgan bo`lardi

Haqiqiy ismi Stiven Paul Jobs bo`lgan dunyoga mashxur AQShlik muxandis, tadbirkor, Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobs hayot bo`lganida bugun 60 yoshni qarshi olgan bo`lardi.

Stiven Jobs 1955 yilning 24 fevral kuni, Kaliforniya shtatidagi Mauntin-Vyu shaharchasida dunyoga kelgan. Stivning onasi uni ana shu oilaga berib yuborgach u o`z ota-onasi bilan emas, balki Pol va Klara Jobslarning oilasida voyaga etadi.

Maktabda, o`quvchilik davrlaridayoq elektronikaga qiziqqan Stiv o`z do`sti Stiv Voznyak bilan tanishadi va keyinchalik Voznyak Jobsning Apple’dagi hamkasbiga aylanadi.

Ikki Stiv birgalikda BlueBox nomli uzoq masofadagi joylarga bepul telefon qo`ng`irog`ini amalga oshirish imkonini beruvchi qurilmani yaratishadi. Bu ularning birinchi ishlari edi.  Ma`lumotlarga ko`ra, aynan ana shu qurilma sxemasi asosida ular o`z bizneslarini rivojlantirishgan. Stiv Voznyak ushbu qurilmalarni yaratish Jobs esa ularni sotish bilan shug`ullanishgan. 1972 yili maktabni tamomlagach, Stiv Jobs Oregon shtati, Portlend shaharchasidagi Rid kollejiga o`qishga kiradi. Birinchi bosqichdan so`ng u ushbu kollejdan o`z xohishiga ko`ra o`qishdan chetlashtirilgan. Ana o`sha vaqtlarda u kalligrafiya bo`yicha o`quv kurslariga qatnay boshlaydi va buning natijasida u MacOS sistemasini yaratish fikri paydo bo`ladi.

Bundan so`ng uni Atari’ga ishga olib kirishadi. Oradan 5 yil o`tib, 1976 yilning 1 aprelida Stiv Jobs va Stiv Voznyak “Apple” kompaniyasiga asos solishadi. Ko`plab g`oyalar muallifi Voznyak bo`lganligi sababli Jobs marketolog sifatida faoliyat yuritardi.

1986 yili Jobs Apple’dagi aksiyalarining ko`p qismini sotib, NeXT Computer kompaniyasiga asos soladi. 2000 yilda esa u Pixar nomli animasion studiyasini yaratadi.

Aytish lozimki, ushbu studiya rahbarligida “O`yinchoqlar voqeasi”, “Karib dengizi qaroqchilari 2”, “Mahluqlar birlashmasi” kabi filmlar yaratilgan.  2006 yili Stiv Jobs Pixar studiyasini Walt Disney kompaniyasiga 7,4 milliard AQSh dollariga sotish barobarida Walt Disney kompaniyasi aksiyalarining 7 foiziga ega bo`ldi.

2001 yili Stiv Jobs ilk iPod pleerini yachratdi. Bir necha yil o`tib, iPod savdosi kompaniya daromadining asosini tashkil etdi.

Kompaniya tomonidan 2006 yili Apple TV pleeri, 2007 yili iPhone uyali aloqa vositalari sotuvga chiqarildi, 2008 yili esa Jobs dunyodagi eng ingichka MacBook Air nomli noutbukni omma e`tiboriga havola qilgan.

Stiv Jobs ishga shu qadar mukkasidan ketgan ediki, ba`zida oilasi va farzandlari borligi ham yodidan chiqib qolardi...

Stiv Jobs 4 farzandning otasi. 1978 yili Jobsning ilk farzandi Liza Brennan-Jobs  dunyoga kelgan.

U bir necha yil davomida bepusht ekanini aytib, o`z qizini tan olmagan, biroq yillar o`tib u aybini tan olgan.

1991 yilning 18 martida Stiv Jobs Loren Pauellga uylanadi. Keyinchalik ularning oilasida o`g`illari Rid Pol (1991 yil) va yana ikki qizaloq Erin Siena (1995 yil) hamda Eva (1998 yil)lar dunyoga keldi. 

2003 yili unga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qo`yildi. Biroq omadli insonlar safida 2004 yili ushbu kasallik yuzasidan o`tkazilgan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o`tkazdi. Ana shu jarrohlik amaliyoti uning hayotini bir necha yilga uzayishiga sabab bo`ldi.

“Men hech qachon o`limga bu qadar yaqin turmaganman. O`ylaymanki yana bir necha o`n yil unga yaqinlashmayman” degan edi Stiv Jobs o`shanda. 

2011 yilning 5 oktyabr sanasida Stiv Jobs nafas etishmasligi natijasida olamdan o`tdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1