1

WBA yangi reytingi. Murodjon rasman chempionlar qatoridan joy oldi. Isroil Madrimov va Shahram G`iyosov yuqoriladi

Sport 03.02.2020, 08:54
WBA yangi reytingi. Murodjon rasman chempionlar qatoridan joy oldi. Isroil Madrimov va Shahram G`iyosov yuqoriladi

Butunjahon boks assosiasiyasi WBA professional bokschilarning yanvar oyi uchun reytingini e`lon qildi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.

Unga ko`ra, reytingda besh yillik tanaffusdan so`ng ilk marta o`zbekistonlik bokschi chempionlar qatoridan o`rin egalladi. Daniel Romanni (27-3-1, 10 KO) mag`lubiyatga uchratgan Murodjon Ahmadaliev (8-0, 6 KO) yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasida shunday nomga loyiq ko`rildi.

Super yarim o`rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4KO) esa bu safar o`tgan oydagiga nisbatan bir pog`ona yuqorilab 3-o`ringa ko`tarilgan bo`lsa, super engil (-63,5kg) vazn toifasi vakili Shahram G`iyosov (9-0, 7 KO) esa o`tgan bir pog`ona yuqorilab ettinchi pog`onani egallab turibdi.

Super engil vazn toifasining boshqa bir vakili Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) esa yanvar oyidagi g`alabasiga qaramasdan, reytingda o`tgan oydagi oltinchi o`rnida qoldi. Shuningdek, dekabr oyidani reytingda ilk marta paydo bo`lgan super o`rta (-76,2 kg) vazn toifasida WBA Continental Americas chempionlik kamari sohibi Bektemir Meliqo`ziev (4-0, 3 KO) ham o`z o`rnini saqlab qolgan holda 15-o`rinda qayd qilingan.

Reytingda o`zbekistonlik boshqa sportchilar o`rin olmagan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1