Hozirda Xitoyda virus tarqalishi munosabati bilan ko`plab davlatlar bu mamlakat bilan aviareyslarini to`xtatdi va aeroportlarda nazoratni kuchaytirdi. Ammo, 3 yanvardagi xabarga ko`ra, Pokiston Xitoy bilan aviaqatnovlarni qayta yo`lga qo`ygan. Pokiston bundan 3 kun avval Xitoyga reyslarni vaqtincha to`xtatgandi.
Xitoy va Pokiston yaqin ittifoqchilar bo`lib, so`nggi yillarda ikki mamlakat o`rtasida sayohat va investisiya keskin oshdi. «Biz Xitoy bilan parvozlarni qayta tiklayapmiz», – deydi aviasiya kotibi Abdul Sattar Xokxar. Uning qo`shimcha qilishicha, China Southern Airlines kompaniyasining reysi Xitoydan Islomobodga 145 kishini olib kelgan.
Virus o`chog`i bo`lgan Xubey provinsiyasida Pokistonlik bir qancha talabalar “qamalib qolishgan” va u erdan evakuasiya qilinishlarini xohlashmoqda.
“Biz juda xafamiz va xafsalamiz pir bo`ldi. Bu erdagi holat bizni tushkunlikka tushirmoqda” deydi Uxanda qolib ketgan pokistonlik talaba Muhammad Rauf.
Pokiston Sog`liqni Saqlash Vaziri Zafar Mirza, talabalarni zudlik bilan evakuasiya qilish ishlari virusning tarqalish xavfi tufayli amalga oshirilmaganini ma`lum qilgan. Mirzaning aytishicha, ayni paytda Pokistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 nafarni tashkil qiladi.






