“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan, 2019 yilda “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUKda milliy san`at turi bo`lmish O`zbekistonning turistik potensialini namoyish etuvchi gilamdo`zlik haqida hikoya qilinadigan “Gilamlar – tarix poyondozi” nomli 2 qismli hujjatli film ishlab chiqarishga tushirilgan edi.
Hozirgi kunda film ijodkorlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida joylashgan “Xiva Ichan-qal`a Davlat qo`riqxona muzeyi”, “Hunarmandchilik muzeyi”, “Xiva amaliy san`at va xo`jalik muzeyi”lari hamda “Xorazm gilamlari” sexida suratga olish jarayonlari bilan band.
Filmning ssenariy muallifi Mavluda Toshpo`latova, rejissyor Aleksandr Gamirov, operator: Umid Malikov hamda direktorGulnora Abdurahimova.






