AsosiyDunyo

Boylar nega farzandlariga gadjetlarni taqiqlagan?

'Boylar nega farzandlariga gadjetlarni taqiqlagan?'ning rasmi

“Biz ovqat mahali mobil telefondan foydalanmaymiz, 14 yoshga qadar barcha farzandlarimiz smartfonsiz ulg`ayishgan. Ular barcha do`stlarida qo`l telefoni borligini aytib, ko`p marotaba shikoyat qilishar edi”.

                                                                                                                                                        Bill Geyts

“Farzandlarim 14 yoshgacha qo`liga gadjetlarni olmagan”

“MICROSOFT” rahbari, jahonning eng boy kishisi bo`lgan Bill Geyts farzandlari 14 yoshga kirmagunlariga qadar ularga smartfondan foydalanishlariga ruxsat bermagan. Uning bu qoidasiga boshqa taniqli IT-kompaniya rahbarlari ham amal qilishadi va farzandlarini elektron gadjetlarning salbiy ta`siridan himoyalashga urinishadi. Bill Geyts:
“Biz ovqat mahali mobil telefondan foydalanmaymiz, 14 yoshga qadar barcha farzandlarimiz smartfonsiz ulg`ayishgan. Ular barcha do`stlarida qo`l telefoni borligini aytib, ko`p marotaba shikoyat qilishar edi”. Farzandlarining barchasi janob Geyts tomonidan o`rnatilgan qoida­ga ko`ra tarbiyalanmoqda. “Hozir ham ­elektronika vositalaridan foydalanish mumkin hamda cheklangan vaqt bor. Bu ­ularga o`z vaqtida uxlash va sog`lom bo`lib voyaga etishlariga yordam beradi”, deydi Bill Geyts.

Samimiy suhbat telefon va planshetdan yaxshi-ku!

Ma`lumki, Apple asoschisi Stiv Jobsning oila a`zolari eng yuqori texnologik va zamonaviy gadjetlar bilan “o`ralgan” bo`lishi hamda qo`llaridan o`ta ingichka va superaqlli texnikani tushirmaslik­lari kerakdek tuyuladi. Biroq hammasi aksincha. Jobs hayotligida farzandlariga iPad qurilmalaridan foydalanishga ruxsat bermasligini tan olgan. U bolalariga jonli muloqotni o`rgatishga uringan, shu bois kechqurunlari oila birgalikda ovqatlanish va uzoq suhbatlar bilan vaqt o`tkazishga harakat qilgan. Uning oilasida kechki paytda hech kimga planshet hamda kompyuterdan foydalanishga ruxsat berilmagan.

O`z bolasini asrab qolmoqchi… Nimadan? Zararli kontent va elektron ko`ngilochar dasturdan!

3D Robotics kompaniyasi rahbari, dron ixtirochisi Kris Anderson ham yuqoridagi insonlardan o`rnak olib, bolalarining gadjetlardan foydalanishlarini qattiq nazorat ostiga olgan. Krisning farzandlari smartfon va planshetlar ishlatilishini minimallashtirish imkonini beradigan qat`iy qoidalarga rioya qiladilar.

Ishlab chiqaruvchining aytishicha, bolalar tengdoshlarining hech biri bu kabi cheklovlarga chidashga majbur emasligidan shikoyat qilishadi. Biroq Andersonning ta`kidlashicha, u shunchaki bolalarning elektronikaga moyil bo`lib qolishiga hamda ularning hayotida yuz berishi mumkin bo`lgan o`zgarishlarga yo`l qo`ymaslikka harakat qiladi. Shuningdek, g`amxo`r otaning aytishicha, tarmoqda uning farzandlarini cheklanmagan miqdordagi so`ralmagan beandishalik va anonimlar tomonidan tahqirlashlar kutmoqda. Andersonning fikricha, zararli kontent va elektron vositalardagi ko`ngilochar das­turlarga tobelik farzandlar tarbiyasi va istiqboliga jiddiy zarar etkazadi.

Dik Kostolo — “Twitter” sobiq bosh direktori ham o`z farzandini nazoratga olgan

Dik bolalari tomonidan gadjetlarni ishlatish vaqtini cheklamaslikka qaror qilgan. Buning o`rniga u geografik cheklovlarni o`rnatgan. Kostolo oilasi farzand­lari bunday elektronikadan faqat mehmonxonada foydalanishi mumkin. Ya`ni, ular yotar chog`ida planshetni o`zlari bilan olib ketishlari yoki ovqatlanish paytida telefonda “osilib” qolishlari mumkin emas.

Bor-yo`g`i yarim soat vaqt berilgan

Aleks Konstantinopol — biznes uchun eng yirik IT-hamkorlardan biri sanalgan Out Cast Agency direktori hisoblanadi. Aleks ham gadjetlarni ishlatish borasida anchagina qattiqqo`l ona. Uning kichik o`g`liga haftaning ish kunlarida bunday gadjetlardan foydalanish taqiqlangan. Katta farzandlar zamonaviy elektronikadan kuniga 30 daqiqadan ortiq foydalana olmaydilar.

“…iPad o`rniga kitob o`qi!”

Evan Uilyams — “Twitter” va Blogger veb-servisini yaratish bilan shug`ullangan. “Pyra Labs” kompaniyasining asoschisi Evan va uning rafiqasi Saraning ikki nafar o`g`li bor. Biroq bolalarning birontasida ham hanuzgacha iPad yo`q. Buning o`rniga Uilyamslarning uyida yuzlab kitob­lar to`plangan. Ishlab chiqaruvchining aytishicha: “Uyda minglab kitoblar bor. Istaganingizcha o`qing, mutolaaga qarshiligim yo`q. Kerakli ma`lumotni topish va bo`sh vaqtda hordiq chiqarish uchun adabiyotlar etarli!”.

Jeff Bezos, Amazon asoschisi, va uning sobiq rafiqasi, yozuvchi Makkenzi Bezos esa…

Bu juftlik bolalar va o`zlarini har tomonlama rivojlantirishga intilishadi. Ular birgalikda yangi taomlar tayyorlashadi, fermada jo`jalarning tuxumni ochib chiqish jarayonini kuzatishadi, singapurcha dastur bo`yicha matematika bilan shug`ullanishadi, ta`lim klublariga borishadi va qo`shni bolalar bilan sport o`yinlarini uyushtirishadi.

Mark Sukerberg,

“Facebook” asoschisi va Prissilla Chan

Mark Sukerberg farzandlarini o`z ­ota-onasining uslubiga ko`ra tarbiya qiladi. U bolani jismoniy jazolash mumkin emas, axir, bolaga har doim nima yaxshi va nima yomonligini tushuntirishning iloji bor, deb hisoblaydi. U kichkintoylarni o`zlarini munosib tutishga o`rgatadi, chunki jamiyatda amal qilinishi kerak bo`lgan muayyan cheklovlar mavjud.

Shuningdek, Mark va Prissilla bola har tomonlama rivojlanishi lozim, deb hisoblashadi. To`garak, kurslar bu – yaxshi, biroq bola o`ynashi ham muhim.

    Boshqa yangiliklar