1

Qozog`istonda nosoz avtobusda qolib ketgan o`zbekistonlik migrantlar qutqarildi

Dunyo 04.02.2020, 12:16
Qozog`istonda nosoz avtobusda qolib ketgan o`zbekistonlik migrantlar qutqarildi

Qozog`istonda yo`l xodimlari "Novosibirsk-Chimkent" reysidagi avtobusning 37 yo`lovchisini qutqarib qolishdi. Avtobus cho`lning o`rtasida 20 daraja sovuqda buzilib qolgan, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Patrul xodimlari transport vositasini 2 fevral kuni soat 23:30lar atrofida aniqlashgan. Haydovchining tushuntirishicha, avtobus "Novosibirsk-Chimkent" yo`nalishi bo`ylab harakatlangan. 2 fevral kuni u Rossiya-Qozog`iston chegarasini kesib o`tdi, ammo harakatlantiruvchi mexanizm buzilgani sababli u yo`lda to`xtab qolgan.

Hodisa "Qizilo`rda-Pavlodar" avtomobil yo`lining 203-kilometrida yuz bergan. Avtobusda o`zbekistonlik 37 yo`lovchi bo`lgan. Shu bilan birga, havo harorati 20 daraja sovuqni tashkil etgani aytiladi.

Voqea joyiga mahalliy polisiya, qutqaruvchilar va yo`l xodimlari etib kelishgan. Ular odamlarni Shiderti qishlog`idagi isitish punktiga olib borishni tashkillashtirishdi. Keyinchalik yo`lovchilar boshqa transport orqali Qarag`anda shahriga jo`natildi.

"Polisiyachilar avtobusdagi nosozlikni bartaraf etishga yordam bermoqda", - deya ma`lum qildi polisiya.

Avtobus buzilib qolgan yo`lda kuchli qor bo`roni va ko`rinish cheklanganligi sababli barcha turdagi transport vositalari uchun harakatlanish cheklab qo`yildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1