AsosiyHi-tech
5814

Fransiya, Italiya, Germaniya va Ispaniya olimlari Robot-bog`bonni yaratishmoqda

Fransiya, Italiya, Germaniya va Ispaniya vinoshunosligida katta uzumzor bog`larda xizmat qilishi uchun robot-bog`bon yaratish bo`yicha loyiha ustida kuchlarni birlashishga qaror qilindi.

VineRobot qo`shma ishlanmasi to`rt g`ildirakli korpusdan iborat bo`lib, turli datchiklar bilan jihozlangan.

Robot ta`minot manbaini quyosh batareyasidan olib, GPS navigasiya yordamida harakatlanadi. VineRobot turli texnologiyalar yordamida tuproq namligi, tok navdasining vegetativ o`sish fazasi, uzum mevalarining pishib-etilish darajasi haqida ma`lumotlar jamlashi va simsiz yo`ldoshli tarmoq orqali mobil qurilmasi ilovasiga uzata oladi. Bu ma`lumotlarni qurilma foydalanuvchisi tahlil etib, uzumzor parvarishining navbatdagi qadami haqida fikr yuritishi mumkin. Tashkilotchi-larning fikriga ko`ra, Robot-bog`bon oddiy bog`bondan ko`ra tez mehnat qilishi, masalan, ma`lumotlar jamlovchi dronlarga nisbatan aniq ishlashi va uning mehnati ancha arzonga tushishi shubhasizdir. Loyihani keyingi yil oxiraga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Manba: uz.infocom.uz

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar