Tailandlik shifokorlar viruslarni davolashda qo`llanadigan an`anaviy preparatlarni OIVga qarshi dori-darmonlar bilan aralashtirish orqali yangi koronavirusga qarshi kurashda katta natijalarga erishganliklarini da`vo qilishmoqda, deya xabar beradi Reyter agentligining Bangkokdagi muxbiri.
Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, bunday kokteylni qabul qilgandan so`ng, hatto og`ir holatdagi bemorlarda ham vaziyat 48 soat ichida yaxshilanadi, deya xabar berdi kun.uz bbc.som\rusian xabariga tayanib.
Ushbu usul Bangkokdagi kasalxonalardan birida bir necha bemorda sinovdan o`tkazilgan, ular orasida Uxandan kelgan 70 yoshli xitoylik ayol ham bor. Uning 10 kunlik qon tahlillarida virus borligi ketma-ket aniqlangan va ahvoli og`irligi tasdiqlangandi.
To`g`ri, bemorlardan birida allergik reaksiya kuzatilgan, ammo shifokorlarning fikriga ko`ra, bu ahamiyatsiz va uning umumiy ahvoli yaxshilanmoqda.
Dori tarkibiga OIVni davolovchi preparatlar, ya`ni lopinavir va ritonavirga virusga qarshi qo`llaniluvchi oseltamivirning katta dozasi qo`shilgan holati kiradi.
Koronavirusni davolash uchun ushbu komponent qismlarini ishlatish g`oyasi yangilik emas. O`tgan hafta Rossiya Sog`liqni saqlash vazirligi lopinavir va ritonavirdan foydalanishni taklif qilgandi, ammo unda yana boshqa ikki dori ham sanab o`tilgandi.
Biroq, Rossiyaning RNC Pharma tahliliy kompaniyasi mutaxassislari ushbu taklifga shubha bilan qarashdi va tarkibiy qismlarning har biri ko`plab nojo`ya ta`sirga ega ekanligini ta`kidlashdi.
Asosiy komponent
Tailandda koronavirus 19 kishida aniqlangan.
Tailandlik shifokorlar, o`z navbatida, avvaldan taxmin qilingan oseltamivirni asos sifatida tanlab olishdi.
«Biz xalqaro miqyosda qabul qilingan tajribaga amal qildik, ammo shifokorlarimiz bitta dori dozasini oshirishdi xolos», - deya tushuntiradi Tailand tibbiy xizmat ko`rsatish departamenti bosh direktori Somsak Akkslim.
Tailandlik shifokorlarning so`zlariga ko`ra, ularning xitoylik hamkasblari ushbu yangi davolash usulini allaqachon qo`llab ko`rishgan.
Bangkok kasalxonasi pulmonologi Kriangska Atipornvanichning aytishicha, «Prognoz qoniqarli, ushbu vositani haqiqatan ham koronavirusga qarshi deb tan olish uchun keng qamrovli tadqiqotlar talab etiladi».
Tailandda shu kungacha koronavirusni yuqtirish bilan bog`liq 19ta holat qayd etilgan. Sakkiz bemor to`liq sog`ayib, shifoxonadan chiqarildi, 11 kishi tibbiy nazoratda qolmoqda.
Somsak Akkslimning so`zlariga ko`ra, mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi 70 yoshli bemorni muvaffaqiyatli davolashga erishishni muhokama qilish uchun yig`ilish o`tkazadi, ammo davoning yangi usulidan barcha holatlarda foydalanish mumkin, deyishga hali erta.
«Hozircha biz bu usul bilan faqat eng og`ir holatdagi bemorlarni davolashimiz mumkin», - deydi Akkslim.






