AsosiyJamiyat

Kadastr faqat uy uchun emas! Kadastr qilinishi shart bo`lgan ob`ektlar ro`yxati bilan tanishing.

'Kadastr faqat uy uchun emas! Kadastr qilinishi shart bo`lgan ob`ektlar ro`yxati bilan tanishing.'ning rasmi

Kadastr so`zini eshitganimizda deyarli hammada ko`z oldiga uyning hujjatlari keladi.  

Aslida kadastr faqat bino-inshootlar uchunmi?

Qarangki unday emas.  

Hammasi bo`lib 21 ta davlat kadastri mavjud.  

 

Bular quyidagilar:  

 

1. Davlat er kadastri;

2. Foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri;

3.Davlat suv kadastri;

4. Davlat o`rmon kadastri;

5. O`simliklar dunyosi ob`ektlari davlat kadastri;

6. Hayvonot dunyosi ob`ektlari davlat kadastri;

7. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri;

8. Binolar va inshootlar davlat kadastri;

9. Davlat shaharsozlik kadastri;

10. Gidrotexnika inshootlari davlat kadastri;

11. Moddiy madaniy meros ob`ektlarining davlat kadastri;

12. Avtomobil yo`llari davlat kadastri;

13. Temir yo`llar davlat kadastri;

14. Transport quvurlari davlat kadastri;

15. Aloqa ob`ektlari davlat kadastri;

16. Energetika ob`ektlari davlat kadastri;

17. Chiqindilarni ko`mib tashlash va utillashtirish joylari davlat kadastri;

18. Tabiiy xavfi yuqori bo`lgan tegralar davlat kadastri;

19. Texnogen xavfi yuqori bo`lgan tegralar davlat kadastri;

20. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri;

21. Hududlar davlat kadastri.

O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar