1

“Zag`cha” nomli multiplikasion film ishlanmoqda

Madaniyat 05.02.2020, 11:20
“Zag`cha” nomli multiplikasion film ishlanmoqda

“Zag`cha” nomli  o`n daqiqali  multiplikasion filmni ishlab chiqarish ishlari davom etmoqda. Multfilmda qushlar hayoti haqida hikoya qiladi. Zag`cha - multfilmdagi asosiy qahramonlardan biri. Bu haqda “O`zbekkino” Axborot xizmati xabar berdi.

U beqaror do`stlari Qurbaqalar bildirgan fikrlarga tayanib ish ko`rganligisababli ayanchli holga kelib qoladi. Uning boshqa qushlar orasidan ajralib  turish, o`zini nimalarga qodir ekanligini ko`rsatib qo`yish niyati film davomida tushunmovchiliklarga olib keladi. 

Mazkur multfilmning postanovkachi rejissyori Gayane Matevosyan asar qahramonlarining xarakterlari orqalifarzandlarimizga maqtanchoqlik va birovning fikriga tayanib ish ko`rish, o`z fikriga ega bo`lmaslik qanday oqibatlar olib kelishini ko`rsatib berishga harakat qilgan. 

Rejissyor har kim o`zicha bir olam ekanligi va jamiyatda o`z o`rni borligi, kimgadir tenglashish yoki birovdan o`zib ketish har doim ham to`g`ri emasligini tushuntirishga intilgan.

Ayni paytda multfilmni ishlab chiqarish ishlari davom etmoqda.

Filmning ssenariy muallifi A`zam Ishoqov, postanovkachi rejissyor va rassom Gayane Matevosyan, bastakor Jamshid Izomov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1