1

«Muhtasham yuz yil» serialining aktyori 16 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Dunyo 05.02.2020, 16:13
«Muhtasham yuz yil» serialining aktyori 16 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

«Muhtasham yuz yil» tarixiy serialidagi Behram Posho roli bilan tanilgan turk aktyori Adnan Koch qamoq jazosiga hukm qilindi.

Koch bir qator ayblovlar bo`yicha ayblangan, jumladan polisiyaga qurolli qarshilik ko`rsatish, garovga olish va o`qotar qurolni noqonuniy saqlash.

Polisiya 2018 yilning mart oyida giyohvandlikka qarshi operasiya paytida aktyor va yana besh nafar gumonlanuvchini qo`lga oldi.

Jinoyatchilar qurolli qarshilik ko`rsatgan, ashyoviy dalillarni yo`q qilishga harakat qilgan va huquqni muhofaza qilish xodimlarini qo`lga olishga uringan, olti nafar polisiyachini yaralagan.

Koch va uning ukasi Ahmet 16 yilu 8 oyga, qolganlari 4 yilu 9 oy va 15 kundan 17 yil 6 oygacha bo`lgan qamoq jazosiga hukm qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1