1

Uxanga borganini yashirgan shaxs 4 ming kishiga virus yuqtirgan

Dunyo 05.02.2020, 18:44
Teglar: Uxan koronavirus
Uxanga borganini yashirgan shaxs 4 ming kishiga virus yuqtirgan

Xitoy polisiyasi Uxanga tashrif buyurganligi to`g`risidagi ma`lumotni sir tutib, etti kishiga yangi turdagi koronavirusni yuqtirgan odamni qo`lga oldi. Bu haqda “Global Times” gazetasi xabar bermoqda deb yozadi Qalampir.

Sharqiy Fujian provinsiyasining Jinjiang okrugi fuqarosi koronavirus tarqalgan Uxan shahridan qaytgach, o`z qishlog`ida bir nechta ommaviy tadbirlarda, to`ylarda ishtirok etgan va taxminan etti kishiga virusni yuqtirgan.  

Qo`lga olingan kishi qishloqdoshlariga karantin qilingan shaharga borib kelganini aytmagan. Uning koronavirus yuqtirgani haqidagi ma`lumot 2 fevral kuni tasdiqlangan. Ammo u 10 kunda ortiq vaqt davomida jamoat joylarida odamlar orasida bo`lgan.

Qo`lga olingan shaxs bilan aloqada bo`lgan 4 mingdan ortiq odam karantinga olingan.

Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida yangi koronavirus tarqalgani o`tgan yilning dekabr oyi o`rtalarida ma`lum bo`lgan edi. Xitoy hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog`liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo`shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvesiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.

Virusdan halok bo`lganlar soni 492 nafarga, u bilan kasallanganlar soni 24552 nafarga etdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog`lig`i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1