AsosiyDunyo

Turkmanistonda 40 yoshdan oshgan erkaklarga soch bo`yash taqiqlandi

'Turkmanistonda 40 yoshdan oshgan erkaklarga soch bo`yash taqiqlandi'ning rasmi

Turkmaniston tumanlaridan birida yuqori lavozimda ishlovchi qirq yoshdan oshgan erkaklarga sochini qoraga bo`yash taqiqlandi. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.

Turkmanistondagi ayrim byudjet tashkilotlari xodimlarining ta`kidlashicha bu taqiq og`zaki tartibda e`lon qilingan.

Aytishlaricha bu tartib mamlakat prezidentining shu hududga yaqin kunlarda tashrifi bilan bog`liq. Ya`ni prezident tashrifi chog`ida uni o`zi kabi oqsoch rahbarlar kutib olishi kerak.

Shu munosabat bilan barcha maktab va bog`chalarga Prezidentning sochi qoralik paytidagi portretlari o`rniga sochi oqargan vaqtidagi portretlarini ilishga buyruq berilgan.

Boshqa yangiliklar