1

O`zbek olimlari sportchilarning psixologik tashxisini o`tkazishga mo`ljallangan “PSI -10” EVM dasturi ishlab chiqishdi

Hi-tech 27.02.2015, 14:27
O`zbek olimlari sportchilarning psixologik tashxisini o`tkazishga mo`ljallangan “PSI -10” EVM dasturi ishlab chiqishdi

Olimlar Z.Gapparov va O.Perevalov sportchilarning psixologik tashxisini o`tkazish uchun mo`ljallangan 10 ta psixologik testdan iborat “PSI -10” EVM dasturini ishlab chiqdilar. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy sayti ma`lumot bermoqda.

Dastur sportchilarni tanlash, o`ziga xos texnik-taktik mahoratini rivojlantirish, murabbiy va sportchi o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni shakllantirish masalalarini hal qilib, barcha sport turlari bo`yicha o`quv-mashq mashg`ulotlarini takomillashtirish orqali respublika terma jamoalarini psixologik ta`minlash uchun, shuningdek talabalar, magistrantlar, doktorantlar va o`qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun qo`llanilishi mumkin.

Sport psixodiagnostikasi- sport psixologiyasining amaliy bo`limi. Ko`plab ko`rsatmalar va psixologik alomatlarni qadimgi arab mutafakkirlari Ibn Sino, Al-Beruniy va Ibn Rashid asarlarida uchratish mumkin.

1921-yildan boshlab shveysariyalik psixiator G.Rorshax tomonidan “psixodiagnostika atamasi mustaqil ilmiy fan sifatida fanga kiritildi, biroq uning muammolar majmui odamzotning paydo bo`lishi, uning tafakkuri va imkoniyatlariga bog`liq bo`lgan.

Ushbu dastur uchun mualliflar № DGU 02922 raqamli guvohnoma oldilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1