2019 yilning noyabridan 2020 yilning fevraligacha bo`lgan muddatda Fransiyadagi gripp epidemiyasi 26 kishining umriga zomin bo`ldi. Bu haqda “RIA Novosti“ xabar qildi.
Endilikda epidemiya butun mamlakatni qamrab olmoqda, deyiladi mamlakatdagi Jamoat salomatligi milliy agentligi ma`lumotnomasida. Aytilishicha bu vaqt oralig`ida kasallik bilan bog`liq 311 ta og`ir holat qayd etilgan.
Mamlakat Sog`liqli saqlash vazirligi gripp va uning asoratlaridan saqlanishning eng yaxshi yo`li emlanish ekanini ta`kidlamoqda, deyiladi xabarda.






