1

Rasman: “Humo arena”da jahon chempionati o`tkaziladi

Sport 07.02.2020, 08:20
Rasman: “Humo arena”da jahon chempionati o`tkaziladi

Poytaxtimizda joylashgan muhtasham “Humo arena” ko`p tarmoqli muz saroyi 2022 yilda figurali uchish bo`yicha o`smirlar o`rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. 

Bu haqda O`zbekiston qishki sport turlari assosasiyasi raisi Hakim To`laganov ma`lum qildi. Ushbu nufuzli musobaqaga munosib hozirlik ko`rishni ta`minlash maqsadida Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) “Humo arena” sport saroyiga yana ikkita nufuzli musobaqani ishonib topshirdi.

Dastlab, joriy yilning 27 avgust va 12 sentyabr kunlari figurali uchish bo`yicha o`smirlar o`rtasida xalqaro Gran-pri musobaqasi o`tkaziladi. Ushbu musobaqada jami 27 ta davlatdan 300 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, 2021 yilda ham figurali uchish bo`yicha “Humo arena” ko`p tarmoqli muz saroyida o`smirlar o`rtasida yana bir yirik turnir tashkillashtiriladi. Bu gal poytaxtimizda to`rt qit`a birinchiligi musobaqasi o`tkazilishi belgilangan.

Keyingi yilning avgust va sentyabr oylarida o`tishi kutilayotgan turnirda Osiyo, Evropa, Amerika va Avstraliya qit`alarining iqtidorli sportchilari g`oliblik uchun muzga chiqishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1