1

Qirg`izistonning birinchi prezidenti Askar Akaevning o`g`li Rossiyada vafot etdi

Dunyo 07.02.2020, 08:31
Qirg`izistonning birinchi prezidenti Askar Akaevning o`g`li Rossiyada vafot etdi

Qirg`izistonning sobiq prezidenti Askar Akaevning o`g`li Aydar Akaev 44 yoshda Moskva shahrida vafot etdi, deya xabar berdi «24.kg». 

Ma`lum qilinishicha, uning o`limiga yurak ish faoliyatining buzilishi sabab bo`lgan. 

Ma`lumot uchun: Askar Akaev 1990 yildan 2005 yilgacha Qirg`iziston prezidenti lavozimida ishlagan. Uning o`g`li Aydar Akaev esa Qirg`iziston moliya vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan, shuningdek qirg`iz parlamenti yuqori kengashi deputati bo`lgan. 2005 yil mart oyida Qirg`izistonda hokimiyat o`zgartirgani sabab, barcha davlat lavozimlari va deputatlik vakolatlari bekor qilingan. Sobiq prezidentning o`g`liga jinoiy ishi ochilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1