AsosiyDunyo

Vashington Markaziy Osiyoga yordam uchun 9 mlrd AQSh dollari ajratadi

'Vashington Markaziy Osiyoga yordam uchun 9 mlrd AQSh dollari ajratadi'ning rasmi

AQSh “yanada barqaror va rivojlanayotgan Markaziy Osiyo yaratishni” rejalashtirmoqda. Shu bilan birga u Markaziy Osiyoning beshta mamlakatlari bilan hamkorlikni kuchaytiradi. Bu haqda AQSh davlat departamenti tomonidan 7 fevral kuni chiqarilgan mintaqaviy strategiyaga doir hujjatda aytib o`tilgan.

Manbaga asoslanib Sof.uz qayd etilishicha, Markaziy Osiyo Evropa va Osiyo sivilizasiyalarning savdo hamda strategik kesishmasida joylashgan.

Qo`shma Shtatlarining ushbu mintaqadagi asosiy strategik manfaati siyosiy va iqtisodiy manfaatlar, shuningdek, turli sheriklar bilan xavfsizlik manfaatlarini o`z shartlari asosida bemalol amalga oshiradigan yanada barqaror va gullab-yashnayotgan Markaziy Osiyoni yaratishga qaratilgan.

“Bu, shuningdek, jahon bozorlari bilan bog`langan, xalqaro sarmoya uchun ochiq, kuchli demokratik institutlarga ega, qonun ustvorligi amal qiladigan hamda inson huquqlariga hurmat qilinadigan manfaatlar bo`ladi. AQSh Markaziy Osiyoning barqaror hamda xavfsizligiga to`g`ridan to`g`ri o`z hissasini qo`shadi”, — deyiladi departament xabarida.

Qo`shma Shtatlarning mintaqadagi strategiyasini amalga oshirish uchun Vashington $9 mlrddan ko`proq mablag` ajratadi. Ushbu mablag` tinchlik va barqarorlik, demokratik islohotlar va iqtisodiy o`sish, shuningdek, insonparvarlik yordamlari uchun yo`naltiriladi.

Shuningdek, mintaqa rivojlanishi uchun turli kreditlar, zayomlar hamda texnik yordamlar ko`rinishida $50 mlrd atrofida pul mablag`lari yo`naltiriladi.

Boshqa yangiliklar