AsosiyDunyo

Olimlar yana bir koronavirus tarqatuvchisini aniqlashdi

'Olimlar yana bir koronavirus tarqatuvchisini aniqlashdi'ning rasmi

Pangolin Xitoydagi koronavirus infeksiyasining ehtimoliy tarqatuvchisi bo`lishi mumkin. Bu haqda Aniq.uz va "Interfaks"ga asoslanib xabar qildi.

Xitoy olimlari pangolin yangi koronavirus genomining ketma-ketligi bemor odam koronavirusining genomiga 99% o`xshash ekanligini aniqladilar.

Pangolinlar - Osiyo va Afrikada keng tarqalgan zirhli sut emizuvchi hayvon, chumolixo`rning qarindoshlari hisoblanadi. Ular asosan hasharotlar bilan oziqlanadi. Xitoyda pangolinning go`shti delikates hisoblanadi, qora bozorda pangolin terisidagi tangachalari kumush narxida baholanadi.  

Janubiy Xitoy qishloq xo`jaligi universiteti va Linnan-Guandun zamonaviy qishloq xo`jaligi laboratoriyasi olimlari koronavirus pangolinlardan olinganligi to`g`risida aniq ma`lumotlar yo`qligini va bu hayvonlar kasallikning yagona tarqatuvchisi emasligini ta`kidlamoqda. Mutaxassislar xitoyliklarni yovvoyi hayvonlarga yaqinlashmaslikka chaqirmoqda.

Bundan avval Xitoy olimlari odamlar koronavirusni ilon yoki ko`rshapalaklardan yuqtirgan bo`lishi mumkin degan fikrni ilgari surishgandi.

Boshqa yangiliklar