Dushanba kuni ertalab Hindiston janubida joylashgan Kerala shtatidagi ko`p qavatli uydagi suv jo`mraklaridan o`tkir hidli to`q jigarrang suyuqlik oqa boshladi. Biroz vaqt o`tgach, mahalliy aholi buni alkogol ekanligini anglashdi.
Suyuqlik o`tkir hidga ega edi. Aholi mazkur holat yuzasidan mahalliy hokimyatga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, uyga suv etkazib beradigan quduq amaldorlar tomonidan qasddan yoki tasodifan ifloslangan. Bunga sabab musodara qilingan 6.000 litr spirt quduq yaqiniga joylashtirilgan.
Alkogol mahsulotlari sud qarori bilan musodara qilingan. Hokimiyat vakillari uni suv qudug`i yaqinidagi erga ko`mib qo`yishgan va ko`milgan joydan alkogol Trissur tumanida yashovchi aholiga boradigan ichimlik suvi qudug`iga oqib tushgan.






