Ilk bor xalqaro olimlar jamoasi saraton kasalligining rivojlanishiga olib keladigan DNK mutasiyalarining to`liq katalogini tuzib, 38 turdagi saraton hujayralarining genetik ma`lumotlarini "o`qiy olishdi".
Saratonning barcha turlari genomining tahliliga bag`ishlangan tadqiqotlar (PCAWG) 10 yilda amalga oshirildi. Tadqiqotga 37 mamlakatdan kelgan 1300 dan ortiq genetiklar ishtirok etdi.
Natijalar 6 fevral kuni bir vaqtning o`zida o`nlab ilmiy jurnallarda chop etildi.
Olimlarning so`zlariga ko`ra, saratonning sabablarini 100 mingta o`zgaruvchisi bo`lgan masalaga qiyoslasa bo`ladi.
"O`simtalarning kelib chiqishi va rivojlanishi to`g`risida to`plangan ma`lumotlar yordamida biz saraton kasalligini erta tashxis qilish uchun yangi usullarni ishlab chiqishimiz, ko`proq maqsadli va muvaffaqiyatli davolashimiz mumkin", dedi PCAWG boshqaruv qo`mitasi a`zosi Linkoln Shtayn.






