Xitoyda koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 722 kishiga etdi. Bu haqda Xitoy sog`liqni saqlash davlat qo`mitasi xabar berdi.
Butun dunyo bo`ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 724 kishini tashkil etmoqda. Xitoydan tashqari o`lim holatlari Gonkong va Filippinda qayd etilgan.
Dunyo bo`yicha koronavirusni yuqtirib olganlar soni 35000 kishiga yaqinlashib qoldi. 2063 kishi sog`ayib ketdi.
Epidemiya o`chog`i Xubey provinsiyasida 699 kishi vafot etgan.






